17:24 / 04.11.2019
2 862

McDonald's rahbari «ishdagi ishq» sababli o‘z lavozimidan bo‘shatildi

McDonald's rahbari «ishdagi ishq» sababli o‘z lavozimidan bo‘shatildi
Foto: AP
McDonald's tamaddixonalari tarmog‘i prezidenti va bosh direktori Stiv Isterbruk o‘z qo‘l ostidagi xodimasi bilan ishqiy munosabatlarga kirishgani sababli o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda kompaniyada ma’lum qilindi.

Kompaniya direktorlar kengashi fikricha, 52 yoshli Isterbruk bu bilan kompaniya siyosatini buzgan va teran fikrlay olmasligini namoyish qilgan. Isterbrukning o‘zi ishqiy munosabatlarini xato deb atagan. “Kompaniya tamoyillarini hisobga olib, men direktorlar kengashining olg‘a borishim vaqti kelgani borasidagi fikriga qo‘shilaman”, deb ta’kidlab o‘tgan Isterbruk.

Ta’kidlanishicha, uning o‘rnini kompaniyaning AQShdagi bo‘linmasiga boshchilik qilgan Kris Kempzinski egallaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » McDonald's rahbari «ishdagi ishq» sababli o‘z lavozimidan bo‘shatildi