23:59 / 04.11.2019
3 283

Nyu-Dehlidagi zaharli tutun sababli mashinalar qatnovi 2 haftaga to‘xtatildi(mi?)

Nyu-Dehlidagi zaharli tutun sababli mashinalar qatnovi 2 haftaga to‘xtatildi(mi?)
Bugun Hindiston poytaxtida havo transporti "chidab bo‘lmas darajada" ifloslanishiga qarshi kurashish maqsadida xususiy transport vositalariga taqiq joriy etildi.

Ma’murlar favquloddagi sog‘liqni saqlash joylarini ba’zi hududlarda tashkillashtirishdi. Qolaversa, samolyotlar qatnovi shahardan yiroqlashtirildi, maktablar esa vaqtinchalik berkitildi.
40 million insonlarni o‘pka kasalligidan himoya qilish maqsadida mashina haydashni taqiqlash bo‘yicha 2 haftalik sinov muddati joriy etildi.
Ammo ko‘pchilik aholi bu yetarli emas deb hisoblashmoqda.

Dehli aholisi hosilni yoqish orqali zarar keltiruvchi xatti-harakatlarni ham to‘xtatish kerakligini alohida ta’kidlashdi. Chunki hosilni yoqish 44% havo ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.

3 yil davomida Dehlidagi havo ifloslanishi eng baland nuqtaga yetdi. Metro yangiliklariga ko‘ra, Divali bayramida o‘tkaziladigan mushakbozliklar havoning haddan ziyod ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Dehlidagi zaharli tutun sababli mashinalar qatnovi 2 haftaga to‘xtatildi(mi?)