08:17 / 05.11.2019
2 810

Ukrainada Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatishga urinish bo‘layotgani ma’lum qilindi

Ukrainada Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatishga urinish bo‘layotgani ma’lum qilindi
Ukrainada Donbassdan qo‘shinlarning olib ketilishidan norozilik sababli emas, balki prezident Vladimir Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatish istagi tufayli vaziyatni izdan chiqarishga urinish bo‘lmoqda. Bunday fikrni Ukrainaning sobiq adliya vaziri Yelena Lukash bildirdi.

Lukash “112 Ukraina” telekanali efirida Ukrainada qo‘shinlarning ixtilof hududidan olib ketilishiga qarshi aksiyalar bundan Zelenskiyni to‘ntarishni istovchi siyosiy kuchlar manfaatdorligi sababli davom etayotganini aytgan.

“Zelenskiyni to‘ntarishga urinish bo‘lmoqda. Bunga esa “ajoyib” bahona bor – kapitulyatsiya. Shu sababli vaziyatni izdan chiqarishga harakat bo‘ladi. Prezidentda esa kuch tuzilmalarida o‘z odami yo‘q. Nima Avakov [ichki ishlar vaziri Arsen Avakov] Zelenskiyning odamimi?”, deb ta’kidlab o‘tgan Lukash.

Sobiq vazirning ta’kidlashicha, Ukrainada prezident almashgach sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagan. Uning aytishicha, ijtimoiy vaziyat yaxshilanmagan, iqtisodiyot esa yomonlashgan, siyosiy vaziyat esa bir qator mojarolar bilan kechmoqda, so‘z erkinligi ham shubha ostida.

“Biroq avvalgiga nisbatan yengillashdi: odamlar avvalgidek “o‘zga” va “o‘ziniki”ga kuchli bo‘linmayapti, cherkovlardan haydalmayapti”, deb qo‘shimcha qilgan Lukash.

Donbassdagi ixtilof tomonlari 29 oktyabrdan jangovar harakatlar hududidan o‘z kuchlarini olib ketishni boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatishga urinish bo‘layotgani ma’lum qilindi