08:50 / 05.11.2019
3 252

Mixail Gorbachyov Rossiya va G‘arb qarama-qarshiligi haqida: «Sovigan bo‘lsa ham, baribir urush»

Mixail Gorbachyov Rossiya va G‘arb qarama-qarshiligi haqida: «Sovigan bo‘lsa ham, baribir urush»
Sobiq SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti, 88 yoshni qarshilagan Mixail Gorbachyov jurnalistlarga kamdan-kam intervyu beradi.

"Shoshilib to‘g‘ri qilibsiz, yoshim o‘tib qoldi, bugun borman-ertaga yo‘q", - dedi u Bi-bi-si muxbiri Stiv Rozenberg bilan Berlin devori qulashining 30 yilligiga bag‘ishlangan suhbatda.
"Temir parda"ning har ikki tarafida nemislar devorni parchalayotgan bir paytda GDRda yuz minglab sovet askarlari joylashgandi.

Shunga qaramasdan, sovet harbiylari aralashmaslik to‘g‘risida buyruq olishgandi, keyinroq, Yelsin davrida esa Sharqiy Germaniya hududidan zudlik bilan olib chiqib ketildi.

Mixail Gorbachyovning o‘shanda to‘g‘ri yo‘l tutganiga ishonchi komil. Eng muhimi, qon to‘kilmagan, deb hisoblaydi u.
"Asosiysi – qon to‘kishlarsiz, - deydi u. – Nemislar, biz, butun Yevropa va butun dunyoga taalluqli bo‘lgan ulkan ish qon to‘kishlar bilan kechishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi. Va biz aralashmasligimizni aytdik".

Oradan ikki yil o‘tgach, SSSR parchalanib ketdi va Rossiyada ana shunday superdavlatning parchalanishida Gorbachyovni ayblaydiganlar hozir ham topiladi.

Ammo G‘arbda Gorbachyovga nisbatan deyarli barcha joyda ijobiy bo‘lib, buning birinchi navbatdagi sababi o‘sha davrdagi AQSh prezidenti Ronald Reygan bilan birgalikda sovuq urushga chek qo‘ygandek tuyulgan yadroviy qurol ustidan nazorat to‘g‘risida emas, yadroviy qurolsizlanish to‘g‘risida kelishib olishganidir.

Afsuski, o‘sha paytda imzolangan qurolsizlanish to‘g‘risidagi shartnoma vaqt sinoviga dosh berolmadi. Avval Rossiya, uning ortidan AQSh yangi raketalarni sinashni boshlab yuborib yangi qurollanish poygasiga kirishib ketishdi.

"Ommaviy qirg‘in qurollari va birinchi navbatda yadro quroli bor ekan, o‘ta ulkan xavf mavjud, - deb hisoblaydi Gorbachyov. – Barcha xalqlar yadro quroli yo‘q qilinishi kerakligini aytishi lozim. Biz o‘zimizni va sayyoramizni qutqarib qolamiz".

Mixail Gorbachyov ilgari sovuq urush deb nomlangan, Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi bugungi qarama-qarshilikni "sovigan, lekin baribir urush" deb atashni ma’qul ko‘radi.

"O‘zingiz qarang, hali u yerda-hali bu yerda to‘qnashuvlar, otishmalar. Harbiy samolyotlar qayergadir uchmoqda, jangovar kemalar qayergadir suzib ketmoqda. Bu bizga kerak bo‘lmagan holat", - deydi sobiq SSSRning sobiq prezidenti.

O‘z davrida KPSS MQning bosh kotibi bo‘lgan Mixail Gorbachyov oshkoralik va qayta qurish siyosatini o‘tkazgan, partiyaning keskin yo‘l tutishi tarafdorlariga qarshi chiqishdan qo‘rqmagan, davlat to‘ntarishiga urinishni boshidan kechirgan, qisqa vaqtga bo‘lsa ham SSSR prezidenti bo‘lgan va Sovet Ittifoqining parchalanishi guvohi bo‘lgan. U Breksit tufayli qiyinchilikka duch kelgan Britaniyaga qanday maslahat berishi mumkin?

"Miyani ishlating, aqlli inglizlar, - javobdan qochadi Gorbachyov, - sizlarga maslahat bermayman, o‘zingiz hal qiling".

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mixail Gorbachyov Rossiya va G‘arb qarama-qarshiligi haqida: «Sovigan bo‘lsa ham, baribir urush»