Bugungi kunda yo‘lovchi tashish uchun eng qulay transport vositalaridan biri bu metrodir. Dunyoda ilk yer osti yo‘llari London shahrida qurilgan bo‘lib, u birinchi tezkor yer osti yo‘lovchi tashuvchi transport tizimi hisoblanadi. London metropoliteni 1983 yilda ishga tushirilgan. Biroq 1986 yil ishga tushirilgan Budapesht metropoliteni dunyodagi birinchi elektrlashtirilgan metro tizimi hisoblanadi.
175 yil muqaddam London metrosining ochilishi munosabati bilan Temza tunneli londonliklar ixtiyoriga foydalanish uchun topshirildi. Temza tunneli daryo ostida qurilgan dunyodagi birinchi tunnel bo‘lib, u dunyoning «sakkizinchi mo‘’jizasi» deb ta’riflangan. Uning nomi ham Temza daryosi nomiga atab qo‘yilgan. U ser Mark Brunel hamda uning o‘g‘li Isambard ismli muhandislar tomonidan Temza daryosi ostida yuklarni tashishda qulaylik tug‘dirish maqsadida qurilgan.
Qurilish boshlanganida ajratilgan pul tugab qolgani sabab ushbu majmua aholiga o‘ziga xos bir attraksion sifatida xizmat qilgan. Birinchi kuni tunneldan 50 ming kishi o‘tdi. Ma’lumotlarga qaraganda dastlabki uch oy mobaynida bu tunneldan bir million kishi o‘tgan va bu o‘sha paytdagi London aholisining teng yarmiga teng edi. Aynan shu ko‘rsatkichlar Temza yer osti yo‘lini dunyodagi odamlar eng ko‘p tashrif buyuruvchi attraksionga aylantirgan. Mana qariyb ikki asrga yaqin ushbu metropoliten nafaqat londonliklarga balki, butun dunyo aholisiga xizmat qilib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi