19:22 / 08.11.2019
5 164

Barchani shok holatga solgan Keniyadagi imtihonlar jarayoni (foto)

Barchani shok holatga solgan Keniyadagi imtihonlar jarayoni (foto)
Bu qanday imtihon jarayoni? Barcha hayratda. Bunday holatga oldin hech qaysi davlatda duch kelinmagan. Imtihon yopiq holatda politsiya qo‘rig‘i ostida o‘tkaziladi.

Har yili taxminan noyabr oylarida o‘tkaziladi. Tarixiy tomondan nazar tashlaydigan bo‘lsak, milliy imtihonlar Keniya bilan juda katta bog‘liklikda. Ma’lum bo‘lishicha Keniyadagi ta’lim tizimi muvaffaqiyatga yetishish uchun asosiy kalit hisoblanadi. Ko‘plab keniyaliklar bu o‘qishga bor vujudlari bilan ishonishadi. Agarda ular bu imtihonlardan yiqilsa hech kim ularga yordam bera olmaydi. Ular agar mana shu imtihondan o‘ta olmasa kelajakda ish topa olmasligiga ishonishadi. Kelajakda yashash uchun umidlarini yo‘qqa chiqaradi. Bir so‘z bilan aytganda bu imtihon ular uchun o‘lim bilan barobar. Agarda ular imtihondan o‘tsalar xalq orasida jamiyat qahramoniga aylanishadi.

Butun boshli qishloq ular uchun bazm uyushtiradi. Keniyada har yili universitetni tamomlagan o‘quvchilar borligiga qaramasdan ishsizlik soni juda yuqori. Ushbu imtihon juda qattiq nazorat ostida o‘tkazilishiga asosiy sabab imtihonlarda firibgarlikka yo‘l qo‘yilganida. Ular shu darajada ustamon bo‘lib ketishganki, siz hatto ularni qanday qilib firibgarlik qilishganiga aqlingiz sig‘maydi. Imtihonga hech qanday noqonuniy materiallar kiritish mumkin bo‘lmagan holatlarda ular barcha yozuvlarni tanalariga yozib imtihonga kirishadi.

Hukumat shu darajada tekshiruv o‘tkazadiki, agar imtihon vaqti qaysi o‘quvchidan firibgarlikka aloqador biror nima chiqsa yoki qoidalarni buzishga harakat qilishsa ularni aybdor deb topib imtihon huquqbuzarlari nomi ostida qamoqqa olishgan. Ular umid qilishadiki, bunday holatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va kelajakda imtihonlar uchun hech qanday qo‘riqlov xizmatlari bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barchani shok holatga solgan Keniyadagi imtihonlar jarayoni (foto)