Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)

  • 08 noyabr 2019, 18:08
  • 2 218
  • Dunyo
  • Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)
    Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:38-13:40 orasida kuchli portlash yuz berdi. Hodisa Chuy va Erkindik ko‘chalari chorrahasida joylashgan "Antoshka" kafesida yuz bergan.

    Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi, ularning 7 nafari bolalardir.

    Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.

    Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan 15:21 da to‘la o‘chirilgan.

    Bishkek shahar IIBning ma’lum qilinishicha, yong‘in fastfud kafesi ichida joylashgan gaz ballonlarining portlashi asosida yuzaga kelgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)