Qozog‘istonda bir qozonda 7 xil palov tayyorlandi (video)

  • 08 noyabr 2019, 23:28
  • 806
  • Dunyo
  • Qozog‘istonda bir qozonda 7 xil palov tayyorlandi (video)
    Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tgan taomlar festivalida bir qozonda bir vaqtda 7 xil palov pishirildi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

    Oshpazlar o‘z “ijod mahsuli”ni “Do‘stlik palovi” deb atashgan. Bunday palov pishirish g‘oyasi muallifi Tursunbek Nusriddinning ta’kidlashicha, dunyoda hali bunday palov tayyorlanmagan.

    “Festival arafasida biror antiqa taom tayyorlash xayoli meni tark etmadi. Bu g‘oya menga tunda keldi”, deb aytgan oshpaz.
    “Bu yerda qozoqcha, samarqandcha, buxorocha, to‘y, choyxona palovi bor. Biz uni “Do‘stlik palovi” deb atashga qaror qildik”, deb aytgan Nusriddin.

    Antiqa palov shahar aholisi va festival mehmonlariga tortiq qilingan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qozog‘istonda bir qozonda 7 xil palov tayyorlandi (video)