Bugun, 8 noyabr kuni Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Ahatov Turkiya elchisi Er Mehmet Surayya bilan uchrashgan.
Uchrashuvda joriy yil 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilingan.
Elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan. Elchi hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini aytgan.
Elchi tergov ob’ektiv olib borilishi, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgandi.
Nodira Qodirovaning dugonasi telefon orqali marhuma bilan so‘nggi suhbatida nima haqida gaplashganini so‘zlab, turkiyalik deputat o‘zbekistonlik qizga tajovuz qilganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi