09:53 / 09.11.2019
2 791

Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyadan AQSh va Rossiya ketmaguncha ketmaydi

Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyadan AQSh va Rossiya ketmaguncha ketmaydi
Turkiya harbiylari Suriyada boshqa davlatlarning qurolli kuchlari qolar ekan, Suriyani tark etmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara mintaqada terrorchilar qolar ekan, u yerdan ketmaydi, Suriyadagi operatsiya esa ikki davlat o‘rtasida 911 kilometrlik umumiy chegara borligi bilan bog‘langan.

“Biz boshqa davlatlar ketganidan keyingina ketamiz. Rossiyada ham, AQShda ham, Eronda ham Suriya bilan umumiy chegara yo‘q”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
U Anqara Suriyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qilgan.

Turkiya yetakchisi, shuningdek, AQShni kurd otryadlarini olib chiqish bo‘yicha va’dalarni bajarmayotganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, AQSh qo‘shinlari kurd jangarilari bilan birga Ras-al-Ayn va Qamishli shaharlari o‘rtasidagi hududda patrul nazoratini olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyadan AQSh va Rossiya ketmaguncha ketmaydi