12:13 / 09.11.2019
2 507

AQSh Davlat kotibi Rossiyani qo‘shni mamlakatlarga tajovuzda aybladi

AQSh Davlat kotibi Rossiyani qo‘shni mamlakatlarga tajovuzda aybladi
Foto: AP
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyaning ichki va tashqi siyosatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda «Interfaks»ga asoslanib Daryo xabar bermoqda.

«Rossiya qo‘shnilariga bostirib kiradi, siyosiy muxolifatchilarni o‘ldiradi. Ukraina pravoslav cherkovi mustaqilligini bostirishga urinmoqda. Tajovuzlarga qarshi turayotgan Qrim tatarlari va ukrainaliklarga nisbatan politsiya reydlari va qiynoqlarni qo‘llamoqda», — dedi Pompeo Berlinda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumandagi chiqishida.

U Kavkazning Rossiyaga qarashli qismida, xususan, Chechenistonda rasmiylar xush ko‘rmagan kishilar dom-darakciz yo‘qolishini bildirdi.
Pompeo, shuningdek, Yevropa energoresurslar yetkazib berishda Rossiyaga qaram bo‘lib qolmasligi zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Davlat kotibi Rossiyani qo‘shni mamlakatlarga tajovuzda aybladi