23:04 / 11.11.2019
4 728

Aqlli odamlar - bu hayotda qiyin ahvolda bo‘lgan qayg‘uli odamlar

Aqlli odamlar - bu hayotda qiyin ahvolda bo‘lgan qayg‘uli odamlar
«Jaholat - bu baxtiyorlik» degan iborani eshitganmisiz? Tarixdagi eng aqlli odamlar o‘zlarining fikrlashi, ijtimoiy hayotiga ta’siri tufayli depressiyadan va har xil ruhiy kasalliklardan aziyat chekdilar. Aqlli odam nisbatan tushkunlikka tushgan odam deb o‘ylaysiz, agar ular shunchalik aqlli bo‘lsa, nega ular depressiyasini nazorat qila olmaydilar.

Aqlli odamning aqli tinimsiz ish olib boradi va hatto mavjud bo‘lmagan muammolarni hal qiladi! Hatto ular o‘zlarining dam olishlari bilan mashg‘ul bo‘lganda ham, aslida ularning miyasi ko‘proq ishlaydi, uyqusi buzuq bo‘ladi, ular har bir narsani sinchikovlik bilan o‘rganishadi va davom etayotgan bu jarayonlar shu darajagacha boradiki oxir oqibatda ular o‘zlarini o‘ldirishgacha boradi. Shuning uchun ular muammoning qanchalik katta yoki kichik bo‘lishidan qat’iy nazar ular atrofidagi barcha adolatsizliklarga va vayronagarchiliklarga qarshi kurashadi.

Agar siz muhokama qilinayotgan mavzuning mohiyatini tushunmasangiz yoki ular bilan munozara qilsangiz, ular sizga shunchaki sovuq tabassum, kinoyali yoki qoniqarsiz javob berishi mumkin. Aqlli odamlar o‘zlaridan ko‘ra boshqalardan ikki baravar ko‘proq himoyalanishadi. Ular o‘zlarining aqlli maslahatlaridan nochor odamlarga yordam berishdan ko‘ra ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga ko‘proq intilishadi. Ularni ,,G‘alatiʼʼ deb ham atashimiz mumkin. Chunki har qanday aytilayotgan gap uchun ham hafa bo‘lavermaydi, agarda ularni xo‘rlasangiz yoki kamsitsangiz ular bu holatga odatdagiday javob qaytarishadi. Mana shu jihatlari bilan oddiy insonlardan qisman farq qiladi deb aytishimiz mumkin.

Aqlli odamlar o‘qish uchun eng yaxshi kitob kelishini kutmaydi. Ular kamdan-kam o‘qiladigan kitob va ko‘riladigan kinolarni qidirib topadilar yoki hissiy ahamiyatga ega bo‘lgan eski filmni tomosha qiladilar.

Ayrim jamiyat vakillari aqlli odamlarni «Nerds» deb ataydi va ularni eng yomon so‘zlar bilan ta’riflashadi. Ularni tilida bu katta ko‘zoynak taqib oladigan, jamoa bilan ishlamay o‘z kabinetida qulflanib oladigan shaxs timsolida gavdalanadi. Aqlli odamlarni aqlli deb emas aqlsiz deb aytishlarini istashadi. Chunki ular uchun pozitivlik oddiy hol. Ular ko‘pincha salbiylikdan kuch olishadi. Aqlli odamlar bu hayotning eng tashvishli va qiyin vaziyatdagi insonlari hisoblanishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aqlli odamlar - bu hayotda qiyin ahvolda bo‘lgan qayg‘uli odamlar