16:21 / 09.11.2019
2 420

Rossiyada o‘zbekistonliklar uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oshdi

Rossiyada o‘zbekistonliklar uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oshdi
Joriy yilning 8 noyabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston fuqarolari uchun ochilgan saylov uchastkalari faoliyati haqida so‘z bordi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda Rossiyada tuzilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va u yerdagi o‘zbekistonliklarning saylovda ovoz berish huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov axborot bergan.

Xususan, bugun O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oldingi 2016 yilgi saylovlardagidan 5 taga ko‘payib, 7 taga yetgan. Ular Rossiyaning Sankt-Peterburg, Vladivostok, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Don, Qozon hamda Moskva shaharlarida joylashgan.

Majlisda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bo‘limi axboroti tinglangan. Samarqanddagi saylovga doir barcha tadbirlarni yoritish huquqiga ega bo‘lish uchun 41 nafar viloyat va respublika OAV, internet saytlari xodimlari akkreditasiyadan o‘tkazilganligi aytilgan.

Viloyat axborotida ta’kidlanishicha, shu kunlarda viloyat televideniyesi orqali haftaning har chorshanba kunlari viloyat saylov komissiyasi raisi va a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir tashkil etilib, aholidan tushgan savollarga javob qaytarilmoqda. Bundan tashqari, bosma matbuot va internet saytlarida saylovga oid 614 ta maqola, sharh va xabarlar e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonliklar uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oshdi