21:46 / 10.11.2019
2 782

Uelsda mijoz sinov chog‘i 264 ming dollar baholangan Porsche 911 avtomobilini pachoq qildi

Uelsda mijoz sinov chog‘i 264 ming dollar baholangan Porsche 911 avtomobilini pachoq qildi
Foto: Metro
Uelsning Penart shahrida 264 ming dollar baholangan Porsche 911 GT2 avtomobilining bo‘lajak egasi sinov chog‘i mashinada avariya sodir qildi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Superkar avtosalondan bir kilometr oshiqroq masofada 5 ta avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Mijozning ishontirishicha, Porsche tormozi ishlamay qolgan. YTHda avtomobil oldi qanoti va g‘ildiraklari jiddiy shikastlangan.

Janubiy Uels politsiyasi vakiliga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan.
Ma’lumot uchun, Porsche 911 GT2 soatiga 340 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Dunyoda atigi 1000 ta shunday modeldagi avtomobil bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uelsda mijoz sinov chog‘i 264 ming dollar baholangan Porsche 911 avtomobilini pachoq qildi