08:01 / 12.11.2019
5 115

Dunyodagi eng baland bo‘yli erkakni ko‘rganmisiz?

Dunyodagi eng baland bo‘yli erkakni ko‘rganmisiz?
Tadqiqotchilarning aytishicha, dunyodagi eng baland bo‘yli erkak Turkiyada istiqomat qiladi. Uning ismi Sulton Ko‘sen.

U 1982 yil 10 dekabrda Turkiyada tavallud topgan. "Jahon Ginnes rekordlari" kitobiga kirgan eng uzun bo‘yli erkak, ya’ni 2.51sm. Uning o‘sishi gipofiz beziga ta’sir qiluvchi o‘sma tufayli yuzaga kelgan akromegaliya holatidan kelib chiqqan. U yurish uchun qo‘ltiqtayoqdan foydalanadi.

Ko‘sen balandligi tufayli o‘qishni ham tugata olmagan. Shu sababli u ferma sohasida ish yuritdi. Baland bo‘yli bo‘lishning ham o‘ziga yarasha afzalliklari hamda noqulayliklari mavjud. Masalan, u boshqalarga nisbatan uzoqni yaxshi ko‘ra oladi. Qolaversa, u oila a’zolariga chiroq lampalarini almashtirishda va pardalarni osishda ko‘maklashadi.

Noqulay tomoni shundaki, ko‘pincha u o‘ziga mos kiyim topishda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi, shuningdek ba’zi rusumdagi mashinalarga sig‘may ham qoladi.
2013 yil oktyabr oyida Ko‘sen suriyalik Merve Diboga uylanadi. Merve Ko‘sendan o‘n yosh kichik.

Bir kuni Ko‘sen ijtimoiy tarmoqlarga intervyu berganida xotini bilan bog‘liq muammosini ta’kidlab o‘tgan. Ya’ni bu aloqa - ayoli arab tilida gapirsa, Ko‘sen turk tilida so‘zlashadi.

2014 yil 13 noyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan tadbirda birinchi marta dunyodagi eng past bo‘yli inson, ya’ni Chandra Bahadur Dangi bilan uchrashdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng baland bo‘yli erkakni ko‘rganmisiz?