08:53 / 12.11.2019
2 500

Tramp: «AQShning hamma dushmanlari qo‘rquvdan qochadi»

Tramp: «AQShning hamma dushmanlari qo‘rquvdan qochadi»
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda 11 noyabrda Faxriylar kuni munosabati bilan Nyu-Yorkdagi Medison-skverda o‘tkazilgan marosimda Ikkinchi jahon urushi, Koreya, Vetnam, Fors ko‘rfazi va Iroqdagi urushlar qatnashchilari oldidagi nutqida AQShga hech kim qarshilik ko‘rsata olmasligini ta’kidlab o‘tdi.

“Bizga qarshi chiquvchilar AQSh qurolli kuchlarining qudratiga qarshi hech qanday imkoniyatga ega emas”, deb aytgan Tramp va IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha yaqinda o‘tkazilgan amaliyotni esga olib o‘tdi. “Bir necha haftagina avval amerikalik harbiylar maxsus tuzilmasi terrorchilar yashiringan joyga kirib, dunyodagi birinchi raqamli terrorchini qilmishlari uchun javob berishiga majbur qilishdi. Amerikalik harbiylar tufayli al-Bag‘dodiy o‘ldirildi, uning o‘rinbosari ham o‘ldirildi va biz ular qo‘mondonligidagi uchinchi raqamli shaxsni ham nishonga olganmiz. Ularning terrorga asoslangan hukmronligiga chek qo‘yildi va bizning barcha dushmanlar qo‘rquvdan qochmoqda”, deb aytgan AQSh prezidenti.

Trampning ta’kidlashicha, amerikaliklarning yuqori jangovar ruhi “ularga zolimlarni mag‘lub qilishga, fashizm ustidan g‘alaba qozonishga, kommunizmni barbod qilishga va terrorchilikka qarshi kurashishga yordam bergan”. “Faxriylar kuni davlatimiz o‘zining eng muhim burchini yana bir bor tasdiqlaydi: biz o‘z yelkalarida jangovar harakatlar og‘ir yukini ko‘targanlar haqida g‘amxo‘rlik qilishimiz lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Faxriylar kuni AQSh davlat bayrami bo‘lib, Birinchi jahon urushida tinchlik sulhi tuzilgan kun - 11 noyabrda barcha urush faxriylari xotirasiga o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: «AQShning hamma dushmanlari qo‘rquvdan qochadi»