Nazarboyevdan tashabbus: Qozogʻiston sobiq prezidenti Putin va Zelenskiyga taklif bilan chiqdi

  • 12 noyabr 2019, 13:15
  • 1 105
  • Dunyo
  • Nazarboyevdan tashabbus: Qozogʻiston sobiq prezidenti Putin va Zelenskiyga taklif bilan chiqdi
    Foto: Mixail Metsel/TASS
    Qozogʻiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy oʻrtasida uchrashuv oʻtkazishni taklif qilgani haqida aytdi.

    Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina prezidenti bunga rozi boʻlgan, Rossiya rahbari esa hozircha koʻnmagan.

    “Men janob Zelenskiy bilan uchrashdim va uni eshitdim. Kuni kecha Putin bilan gaplashdim. Menimcha, Rossiya va Ukraina prezidentlarining alohida uchrashuvini tashkillashtirish kerak. Faqat shundagina muammoga yechim topsa boʻladi. Sababi, bu boshqa davlatlar bilan emas, balki ikki davlat oʻrtasida hal qilinishi kerak. Ular boshqa bir sababga koʻra aralashmoqda. Men shunchaki yuzma-yuz uchrashish imkoniyati haqida gapirdim”, - deya Nazarboyevning soʻzlarini keltirmoqda Zakon.kz.

    Qozogʻiston sobiq rahbarining bildirishicha, hozir bunday uchrashuv uchun juda qulay vaqtdir.

    “Zelenskiyni aholi yaxshi qoʻllab-quvvatladi, u oʻz xohish-irodasini koʻrsatib, ushbu masalani hal qila oladi. Hozir jarayon davom etmoqda. Masalaga yechim bor. Rossiya prezidenti va Ukraina prezidenti iroda koʻrsatib, ushbu muammoni hal qilishga intilishi lozim. Men shaxsan bu borada ishlayapman, qiziqish bilan ishlayapman. Hammaga Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi munosabatlarni kuchaytirmaslikni, aksincha ularni yaqinlashtirish va hal qilishni taklif qilaman. Birinchi uchrashuvda Donbass va Lugansk muammosini hal qilish shart. Jarayon ketmoqda, yarashish uchun sharoit yaratish maqsadida asirga olingan odamlar ozod qilinmoqda”, - deya taʼkidlab oʻtdi Nazarboyev.

    Bundan oldin, AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo prezident Donald Tramp maʼmuriyati Ukrainaga “ruslarga qarshi kurasha olishi uchun” qurol bergani haqida aytgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Nazarboyevdan tashabbus: Qozogʻiston sobiq prezidenti Putin va Zelenskiyga taklif bilan chiqdi