06:00 / 13.11.2019
5 836

Dunyo bo‘yicha eng tez gapiriladigan 7 til

Dunyo bo‘yicha eng tez gapiriladigan 7 til
Dunyoda 6 500 ga yaqin gaplashiladigan til mavjud. Ko‘pchilik insonlar ba’zi tillarning tezligi to‘g‘risida taxminlarga ega. Bu taxminlar ba’zida to‘g‘ri ham bo‘lib chiqadi.

Tilshunos olimlar tillarning tezligini soniya yoki daqiqasiga necha bo‘g‘inli so‘zlar gapirilishiga qarab aniqlashgan. Biz Pellegrino, Koupe va Marko tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra aniqlangan 7 til ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Yapon tili
Yapon tili dunyoda eng tez gapiriladigan til sifatida e’tirof etilgan. Sekundiga 7.84 bo‘g‘in tezlikka ega.

2. Ispan tili
Bu til ham yapon tilidan so‘ng ikkinchi tez aytiladigan til sifatida ushbu ro‘yxatdan joy olgan. Har sekundda 7.82 bo‘g‘in ishtirok etadi.

3. Fransuz tili
Fransuz tili eng tez gapiriladigan til sifatida tan olingan. Har sekundda 7.18 bo‘g‘in ishtirok etadi.

4. Italyan tili
Italyan tili fransuz va ispan tillariga nisbatan sekinroq gaplashiladi. Sekundiga 6.99 bo‘g‘in ishtirok etadi.

5. Ingliz tili
Ingliz tili yuqorida aytib o‘tilgan tillarga nisbatan sekinroqdir. Soniyasiga 6.19 bo‘g‘in tezlikka ega.

6. Nemis tili
Nemis tili esa soniyasiga 5.97 bo‘g‘in tezlikka ega.

7. Mandarin tili
Bu tilda soniyasiga 5.18 bo‘g‘in ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bo‘yicha eng tez gapiriladigan 7 til