17:23 / 13.11.2019
2 845

Shveysar soati rekord narxga sotildi

Shveysar soati rekord narxga sotildi
Foto: AFP
Shveysariyaning Patek Philippe kompaniyasi soati xayriya auksionida rekord narxga – 31 mln shveysar frankiga (31 mln dollardan ko‘proq) sotildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

“Rekordchi” soat Grandmaster Chime 6300A-010 Jenevada o‘tgan Only Watch xayriya auksioni uchun maxsus yaratilgan. Soat 2017 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangilagan. O‘shanda amerikalik aktyor Pol Nyumanga tegishli Rolex Daytona soati 17,8 mln dollarga sotilgan edi.

Soat uchun olingan pullar Dyushen mushak distrofiyasi kasalligini o‘rganish uchun yo‘naltiriladi.
Soat 20 ta funksiya bilan ta’minlangan bo‘lib, ulardan 2 tasi ilk bor tatbiq qilingan. Xususan, soat ikki siferblatli korpusga ega bo‘lib, ulardan biri pushti rangli oltindan, boshqasi qora rangli yog‘ochdan ishlangan.

Auksion oldidan soat 3 mln shveysar frankiga baholangandi, biroq oxirgi narx kutilgandan ziyoda bo‘lib, deyarli 10 barobar ko‘proqni tashkil qilgan. Cristie’s auksion uyining soatlar bo‘limi boshlig‘i Sabina Kegelning ta’kidlashicha, ushbu soat “tarixdagi eng murakkab qo‘l soati bo‘lib, u qahva tayyorlashdan bo‘lak deyarli barcha ishni qila oladi”.

Shuningdek, auksionda soatsoz Fransua-Pol Jurnning soati 1,8 mln frankka, Audemars Piguet kompaniyasi soati 1 mln frankka sotilgan.
Auksion davomida umumiy hisobda 38,5 mln frank to‘plashga muvaffaq bo‘lingan.

Only Watch xayriya auksioni 2 yilda bir marta o‘tkazilib, barcha olingan pullar Dyushen mushak distrofiyasi kasalligini o‘rganish uchun beriladi. Statistikaga ko‘ra, bu kasallikdan dunyo bo‘ylab har 3500 bola va o‘smirdan bittasi aziyat chekadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveysar soati rekord narxga sotildi