8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi

  • 13 noyabr 2019, 23:06
  • 1 403
  • Dunyo
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi
    Xochitl Guadalupe Kruz, 8 yoshli meksikalik qiz, suvni isitadigan quyosh energiyali qurilma yaratdi va UNAMning Yadro fanlari instituti mukofotiga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda Healthy Food House.

    Bu ushbu sohadagi bolaga berilgan ilk mukofot bo‘ldi. Ushbu quyosh suv isitgichi butunlay tashlandiq narsalardan, 15 metrli qora shlangdan, qora rangda bo‘yalgan 10 ta PET idishlardan, plastmassa sim, yog‘och taglik, qora neylon va qayta ishlangan shishadan yasalgan. Issiqxona effektini olish uchun u singan sovutgichning oynali eshiklaridan foydalangan. Isitgich 10 litr suvni 3500C dan 4500C gacha qizdirish imkoniyatiga ega.

    Yorqin qiz ilmiy loyihalarda va tanlovlarda ishtirok etishni yaxshi ko‘radi va texnologiya haqidagi bilimlarini avval uyda, keyin o‘z jamiyatida va tez orada butun dunyoda o‘zgarishlarni keltirib chiqarish uchun ishlatdi. Uning oilasi asbobni uyining tomiga o‘rnatgan va bu uning uyini issiq suv bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ushbu ekologik toza quyosh energiyasida ishlaydigan isitgich dunyo bo‘ylab suvni isitish uchun yog‘ochga qaram bo‘lgan millionlab odamlarga yordam berishi mumkin.

    Kichik dahoning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha qishloqlardagi kam ta’minlangan odamlarga o‘tin uchun daraxtlarni kesishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali iqlim o‘zgarishini sekinlashtirishga qaratilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi