08:31 / 15.11.2019
10 625

Dunyoga mashhur TOP 10 brendlar haqida eshitganmisiz?

Dunyoga mashhur TOP 10 brendlar haqida eshitganmisiz?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, brend - bu ishlab chiqaruvchining belgisi va iste’molchilar orasida yuqori obro‘ga ega bo‘lgan savdo markasi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, brend tushunchasi kompaniya tushunchasidan ancha torroqdir; kompaniya bir nechta brendlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Google brend, Alphabet esa ushbu brendga ega bo‘lgan kompaniya.

Ushbu maqolada biz 2019 yil 8 yanvardagi holatga ko‘ra aniqlangan dunyodagi eng qimmatbaho brendlarni qayd etib o‘tamiz.
1. Apple

Uning qiymati 182,8 milliard dollarga baholangan.
2. Google

Mutaxassislar uning qiymatini 132,1 milliard dollarga baholashgan.
3. Microsoft

Xalqaro miqyosda taniqli bo‘lgan Microsoft korporatsiyasi Bill Geyts tomonidan 1975 yilda tashkil etilgan. Uning qiymati 104,9 milliard dollarga baholangan.
4. Facebook

Facebook Mark Sukerberg tomonidan 2004 yil fevral oyida ishlab chiqilgan. Uning qiymatini 94,8 milliard dollarga baholashgan.
5. Amazon

Kompaniya 1994 yilda Jeff Bezos tomonidan tashkil etilgan. Uning qiymati 70,9 milliard dollarga baholangan.
6. Coca cola

Bu mashhur ichimlik brendiga 1882 yil asos solingan. Uning umumiy qiymati 57,3 milliard dollarni tashkil qiladi.
7. Samsung

Samsung Janubiy Koreyada 1938 yilda tashkil etilgan. Uning qiymati 47,6 milliard dollar.
8. Disney

Brend 1923 yilda Uolt Disney va uning akasi Roy Disney tomonidan yaratilgan. Uning qiymati 47,5 milliard dollarga baholangan.
9. Toyota

Tonщef kompaniyasi Yaponiyada 1924 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va Sakichi Toyoda tomonidan asos solingan. Uning qiymati 44,7 milliard dollarga baholangan.
10. McDonalds

Kompaniya 1940 yilda ikkita aka-uka Mak va Dik McDonalds tomonidan tashkil etilgan. Ular San-Bernardinoda (Kaliforniya) birinchi restoranini ochishgan. Uning qiymati 41,6 milliard dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Guli
Guli 18 января 2021 22:44
Ajoyib malumotlar???
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoga mashhur TOP 10 brendlar haqida eshitganmisiz?