13:15 / 16.11.2019
12 570

Dunyodagi eng vaxshiy qamoqxonalar haqida...

Dunyodagi eng vaxshiy qamoqxonalar haqida...
Odamlar orasida eng qo‘rqinchli va dahshatli qamoqxonalar haqidagi mish-mishlar quloqqa tez-tez chalinib turadi. Ularning qanchalik rost yoki yolg‘onligi ko‘pchiligimiz uchun mavhum. Ammo shunday qamoqxonalar rostdan ham bor. Ulardan ba’zilari o‘zining juda ham shafqatsizligi bilan nom chiqargan. Quyida ularning bir nechtasini ko‘rib chiqamiz:

1. Carandiru Axloq Tuzatish muassasasi (Braziliya, Janubiy Amerika) - bu joy dunyodagi eng shafqatsiz va halokatli qamoqxona hisoblanadi. Mazkur «nursiz qal’a»da eng ashaddiy jinoyatchilar saqlanadi. Ushbu qamoqxonada 1992 yilda shafqatsiz qatliom bo‘lib, 102 mahbus otib o‘ldirilgan edi. Qamoqxonadagi yashash muhiti inson sog‘lig‘i uchun dahshatli muammolar keltirib chiqarishi butun dunyoga ovoza bo‘lgan. Qamoqxona sog‘liqni saqlash bo‘limida har beshta maxbusdan birida OITS kasalligi aniqlangan.

2. Suriyaning Palmira shahridagi Tadmor harbiy qamoqxonasi - bu joy dunyoda maxbuslar uchun go‘yo vaqt o‘tishi to‘xtab qolgandek tuyuladigan eng zolim qamoqxonalardan biri sifatida tanilgan. Xalqaro Amnistiya tashkilotining ta’kidlashicha, «bu qamoqxona faqatgina o‘z maxbuslarini jonidan to‘yg‘izish uchun qurib bitkazilgan». Qamoqxona tarixidagi eng mashhur voqea 1980 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan. Prezident Hafiz al-Assad Musulmon Birodarlar tomonidan uyushtirilgan hujumdan omon qolgach, o‘ch olish maqsadida har bir mahbusni qatl qilishni buyurgan. Tadmor 2001 yilda yopib tashlangan, ammo 2011 yilda yana qayta ochilgan. Bugun ham ushbu qamoqxona o‘z shafqatsizligi bilan dong taratib kelmoqda.

3. La Sabaneta qamoqxonasi - ushbu «jahannam» Janubiy Amerika hududidagi Venesuela shtatida joylashgan. Qamoqxona 15000 mahbusga mo‘ljallab qurilgan bo‘lsada, bugungi kunda qamoqxona ma’muriyati 25000 mahbusga joy ajratib qo‘ygan. Bu muassasada juda ko‘p ishchi o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, har 150 mahbusga taxminan 1 qo‘riqchi to‘g‘ri keladi. Bu yerda bo‘lib turadigan bir-biridan dahshatli voqealar juda ham ko‘p. Ulardan biri 1994 yilda qurolli to‘qnashuv natijasida 108 mahbusning halok bo‘lganidir. Bundan tashqari, 1995 yilda qamoqxonadagi yuzaga kelgan zo‘ravonliklar tufayli 196 mahbus o‘ldirilgan va 624 kishi yarador bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ozodbek
Ozodbek 25 марта 2021 18:17
Juda achinarli joylar
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng vaxshiy qamoqxonalar haqida...