15:00 / 16.11.2019
25 003

Eng uzun va dahshatli ilonlar...

Eng uzun va dahshatli ilonlar...
Ko‘pchilik ilonlar haqida og‘iz ochganda qandaydir bir jirkanch hisni tuyadi. Aslida, ilonlar juda ham ta’sirchan jonivorlardir. Ular Antarktidadan tashqari dunyoning har bir mintaqasida uchrashi mumkin. Ularning ba’zilari shunchalik uzun va kattaki, e’tibor qilmaslikning sira ham iloji yo‘q.

Og‘irligi 550 funt(249kg)ni tashkil qiladigan, nomi gigant anakonda (ilmiy nomi: Eunectes murinus) uzunligi, vazn nisbati bo‘yicha dunyodagi eng katta ilondir. Yashil anakonda nomi bilan ham tanilgan bu turning o‘rtacha uzunligi 17 fut(5 metr)ni tashkil qiladi, ammo ba’zilari 30 fut(9 metr)gacha o‘sadilar. Ular chaqmaydi, lekin o‘z o‘ljasini bug‘ib o‘ldiradi.

30 fut(9 metr)gacha o‘sadigan Janubi-sharqiy Osiyo va Sharqiy Hindistonning retikulyatsiya qilingan pitoni (Piton retikulatus) dunyodagi eng uzun ilondir. Ushbu gigantlarning o‘rtacha vazni 250 funt(113 kg)ni tashkil etadi, ammo hozirda mavjud bo‘lgan shu turdagi eng katta namunaning vazni 350 funt(158 kg)ga teng. Anakondalardan farqli o‘laroq, bu ilonlar o‘ljasini chaqadilar va uni butunlay yutib yuboradilar, keyin esa uni hazm qilishadi. Shu qadar dahshatli bo‘lgan bu ilonlarni ba’zi insonlar hatto uyda boqishni ma’qul ko‘rishadi.

Biroq yuqorida sanab o‘tilgan ilonlarning hech biri o‘zlarining oldingi ajdodi bo‘lgan Titanoboa kerrejonensisga tenglasha olmaydi. Ushbu 42 fut(qariyb 13 metr)li 2500 funt(1133 kg)ga teng yirtqich hayvonlarning toshga aylangan qoldiqlari 2009 yilda Kolumbiyada topilgan. Bunday dahshatli maxluqlar 58-60 million yil avval Yer yuzida yashagani aniqlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng uzun va dahshatli ilonlar...