17:43 / 16.11.2019
3 623

AQShning Suriyadagi harbiy bazalarini Rossiya egallayapti

AQShning Suriyadagi harbiy bazalarini Rossiya egallayapti
Suriyaning Ayn-al-Arab shahri janubida amerikaliklar tark etgan ikki harbiy bazaga rossiyalik harbiylar joylashdi.
“Anadolu” agentligining xabar berishicha, Rossiya harbiylari Frot daryosi sharqidagi “Sirrin” va “Sabit” bazalariga kelib o‘rnashgan. Amerikaliklar bu ikki bazani Turkiya “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasini boshlashdan oldin tark etgan.

Turkiyaning Suriya shimolidagi harbiy operatsiyasi 9 oktyabr kuni boshlangan edi. O‘shanda amerikalik harbiylar Suriyadagi 22 ta harbiy baza va punktning 16 tasini tark etdi. «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi to‘xtatilganidan keyin esa ularning oltitasiga AQSh harbiylari qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi Anqara va Vashington o‘rtasida taranglikka sabab bo‘ldi. Amerikalik siyosatchilar Turkiyadan operatsiyani zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Turkiya esa harbiy harakatlar terrorchilarga qarshi qaratilganini va o‘z milliy xavfsizligini himoya qilayotganini bildirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning Suriyadagi harbiy bazalarini Rossiya egallayapti