23:38 / 18.11.2019
4 060

Nyu-Yorkka ketmoqchimisiz? Unda ushbu bemaʼni qoidalardan boxabar boʻling, yoʻqsa osongina politsiyaga tushishingiz aniq

Nyu-Yorkka ketmoqchimisiz? Unda ushbu bemaʼni qoidalardan boxabar boʻling, yoʻqsa osongina politsiyaga tushishingiz aniq
Nyu-York shahri mashhur sayohat joyidir. Safarni reja qilayotganda, Nyu-York shtatining qonunlari xayolingizga kelganiga aminman. U yerning ham hech qayerda yozilmagan o‘z qoidalari bor, deya xabar bermoqda Internet Hero. Nyu-Yorkning bu bema’ni qonunlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqing va tashrif paytida qamoqqa tushmasligingiz uchun ularni yodda saqlang!

1. Nyu-Yorkda soat 22:00 dan keyin jamoat joyida shippakda yurish noqonuniydir.
Nega aynan 22:00? Kunning qolgan qismida-chi, kiysa maylimi? Menimcha bu juda ahmoqona qonun. Xush, politsiya shippak kiygan odamni hibsga olishni kutib yuradimi endi? Shubhasiz, bundan ham muhimroq narsalar bor-ku.

2. Birovning boshiga to‘p bilan urish nafaqat qo‘pol, balki noqonuniy hamdir.
Katta maydonda to‘p o‘ynaganingizda juda ehtiyot bo‘ling! Birovning boshiga to‘pni urish yaxshi emasligini barchamiz bilamiz, ammo bu qonun bo‘lishi kerak deb o‘ylamayman.

3. Qizlarga gap otsangiz 25 dollar jarimaga tortilishingiz mumkin.
Hozirgi kunda qizlar bilan tanishish yetarlicha qiyin... nima endi biz ham qizlarga noz-karashma qilishni ta’qiqlashimiz kerakmi? 1900 yillarning boshlarida qabul qilingan ushbu qonun ayollarni “o‘zlarini tashqi ko‘rinishiga jalb qilishga uringan” mast odamlardan himoya qilishga xizmat qilgan.

4. Long-Aylendda siz geliy bilan to‘ldirilgan 25 dan ortiq sharni olib yura olmaysiz.
Biz geliy bilan to‘ldirilgan har qanday sharlardan qutulishimiz kerak deb o‘ylamayman, chunki ular atrof-muhit uchun zararli. Bu kulgili emas. Ammo, eng kulgili qismi bu belgilangan raqamdir. Nima uchun aynan 25 dona? Politsiya u yerda turib, sharlar sonini hisoblab yuradimi?

5. Nyu-Yorkda sayyohlar uchun diqqatga sazovor joylarini reklama qiluvchi avtomobil yo‘llari belgilari noqonuniy hisoblanadi.
Gubernator Kuomo Nyu-Yorkdagi chorrahalar bo‘ylab ajoyib narsalarni reklama qiluvchi 500 ta belgi uchun bir nechta hayfsan oldi. Ushbu belgilar shtat va federal qonunlarni buzayotgan emish. Ammo muammo nimada? Nahotki shunday go‘zal shaharni maqtay olishmasa-ya?

6. Nyu-Yorkda barmoqlarni burunga tiqish va kovlash noqonuniydir.
Nega? Mening singillarim, do‘stlarimiz va men buni bolalar sifatida qilganimga aminman. Qanday qilib bu boshqalarga zarar yetkazadi?

7. Hempsted shahridagi Long-Aylendda mexanik buqalarni minish noqonuniydir.
Nega? Umuman zararsiz-ku axir? Ushbu qonunlar hozir juda oz kuchga kirayotgan bo‘lsa-da, bizni xursand qilmasligi aniq.

Ko‘p qonunlar bizni xavfsiz saqlashga imkon beradi, ammo ba’zilari juda mayda muammolarni ustidan chiqarilgan va kulgili. Ushbu qonunlar haqida qanday fikrdasiz?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkka ketmoqchimisiz? Unda ushbu bemaʼni qoidalardan boxabar boʻling, yoʻqsa osongina politsiyaga tushishingiz aniq