Turkiya IShID terrorchilik tashkilotining 959 nafar a’zosini deportatsiya qiladi, ular hozirda vaqtincha saqlash markazlarida ushlab turilibdi. Bu haqda Hurriyet nashriga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ularning 99 nafari Rossiya, 82 nafari O‘zbekiston, 10 nafari Qozog‘iston, 23 nafari Qirg‘iziston, 6 nafar esa Turkmaniston fuqarolaridir.
Ushlab turilganlar orasida 147 nafari yosh bolalar ham bor. Ularning aksariyati Suriyadagi urush vaqtida ota-onasini yo‘qotgani aytiladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an IShIDning ikki yarim mingga yaqin a’zosi Turkiya qamoqxonalarida ekanini ma’lum qilgandi. Mamlakat Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiya «IShIDchilar uchun mehmonxona emas»ligini ta’kidlagan. U qamoqxonalarda saqlanayotgan jangarilarni vatanlariga deportatsiya qilinishini ma’lum qildi.
Hozircha 82 nafar IShID a’zosi qaytarilayotgani borasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar munosabat bildirgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan mehr operatsiyasida Iroq va Suriya jamloqlarida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanimizga olib kelingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi
Kirg‘iz Respublikasida 45 ming muxlisga mo‘ljallangan stadion quriladi