23:32 / 16.11.2019
9 863

Ulkan itlar haqida...

Ulkan itlar haqida...
Ba’zan ijtimoiy tarmoqlar yoki internet saytlarida beixtiyor ko‘zimiz juda ham kattakon itlarga tushib qoladi. Dunyoda shunday itlar nasli borki, ularning bo‘yi odamlar bilan baravar yoki ulardan uzun ham bo‘lishi mumkin. Xush nega ular bu qadar ulkan bo‘lishi mumkin. Dunyoda bunday ulkan itlar zoti qadim tarixdan ovchilik, qo‘riqlash yoki har qanday vaziyat yoki sharoitda ham jon saqlay olishi va insonlarni qutqarishi uchun boqilgan. Bugungi sahifamiz orqali bunday ulkan it zotlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz:

1. Buyuk Deyn- ushbu it zoti kattaligi jihatidan dunyoda birinchi bo‘lib, u nemis zotdor itlaridan hisoblanadi va uning nemischa Deutsche Dogge nomi nemis mastifini anglatadi. Uning germanlardan oldingi avlodi esa ingliz mastiflari va Irlandiya bo‘rilarining avlodiga borib taqaladi. Ularning vazni juda og‘ir bo‘lmasada, bo‘yi 2-2,5 metrgacha yetadi.

2. Neapolit mastifi- bunday itlar dunyoda o‘zining og‘irligi bilan mashhurdir. Neapolit mastifi Italiyaning janubida paydo bo‘lgan. Qo‘riqchi it sifatida ishlatiladigan o‘rtacha erkak mastifning bo‘yi 26-31 dyuymni tashkil qiladi va og‘irligi 130-155 funtga yetadi. Urg‘ochilarining og‘irligi esa bir oz kamroq. Bu itlar o‘zlarining sadoqatliligi bilan ham tanilgan. Mastiflar qo‘rqitish uchun ko‘p ham akillab o‘tirmasdan, darhol o‘ljasiga tashlanadi.

3. Shotlandiya Uchquri- bu turdagi itlar juda ham hujumkor va tezkorligi bilan mashhur. Ular qadimda qizil kiyiklarni ovlashda foydalanilgan. Uning tezligi yuqori bo‘lgani uchun quyonga o‘xshatishgan. Ushbu itlarning uzunligi 32 dyuym, og‘irligi 110 funt bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda kiyik ovlash man qilingan bo‘lsada, ularni ba’zi joylarda brokonerlar boqishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ulkan itlar haqida...