09:48 / 18.11.2019
3 023

Eronda ham norozilik namoyishlari boshlandi

Eronda ham norozilik namoyishlari boshlandi
Foto: Jpost
Eronda hukumatning benzin narxining oshirgani tufayli xalq noroziliklari boshlandi. Ichki ishlar vaziri Abulrez Rahmoniy-Fazliy namoyishchilarning qonun doirasida norozilik bildirishga haqqi borligini bildirib, vandalism harakatlarini amalga oshirmaslik va jamoat tartibini saqlashni tavsiya qildi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, norozilik bildirayotgan olomon mamlakatning turli shaharlarida tartibsizliklar keltirib chiqargan, jamoat mulkiga va fuqarolarning shaxsiy avtomobillariga ziyon yetkazgan, yo‘llarni yopgan. Ushbu harakatlar tufayli haydovchi va piyoda yo‘lovchilar bir necha soat davomida o‘z manzillariga yeta olmagan.

«Huquq-tartibot organlari shu vaqtgacha vaziyatga vazmninlik bilan baho berib, namoyishlarga sabr bilan yondashdi. Bizning asosiy vazifamiz odamlarning xavfsizligi va xotirjamligini ta’minlashdan iborat. Namoyishchilar jamoat va shaxsiy mulklarga zarar yetkazishda davom etsa, xodimlar ularga nisbatan kuch ishlatishi mumkni», — deydi Eron ichki ishlar vaziri.

Noroziliklar tufayli 16 noyabr kuni Eronda Internet o‘chirib qo‘yildi. Barcha shaharlarda statsionar va mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish tizimida uzilishlar kuzatilmoqda.

MCI, Rightel va IranCell kabi katta aloqa operatorlari xizmatlarida mahalliy vaqt bilan 18:00 dan Internet xizmatlarini ko‘rsatishda to‘xtalishlar sodir bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda ham norozilik namoyishlari boshlandi