10:12 / 18.11.2019
2 279

Vashington Tehronning namoyishlar sabab mamlakatda Internetni o‘chirib qo‘yganini qoraladi

Vashington Tehronning namoyishlar sabab mamlakatda Internetni o‘chirib qo‘yganini qoraladi
Foto: Khaleej Times
Vashington Eron hukumatining mamlakatda boshlangan noroziliklar tufayli Internetni o‘chirib qo‘ygani uchun keskin qoraladi va namoyishchilar tomonida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Morgan Ortegusga tayanib «TASS» xabar bergan.

«AQSh mamlakatdagi korrupsiyalashgan boshqaruv tizimining adolatsizliklariga qarshi kurashayotgan jafokash Eron xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz Tehronning Internetni o‘chirib qo‘yib xalq namoyishlarini bostirishga qaratilgan ushbu urinishini qoralaymiz», — deb yozgan Ortegus Twitter’dagi sahifasida.

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ham Eronda norozilik bildirayotgan olomonni Twitter’dagi akkaunti orqali qo‘llab quvvatlagan.
«AQSh sizlar bilan birga», — deb yozgan Pompeo.

Al-Arabiya telekanali va boshqa OAV xabarlariga ko‘ra, Eronda benzin narxining keskin oshgani tufayli boshlangan norozilik namoyishlari oqibatida 16 noyabr oqshomida hukumat tomonidan Internet xizmatlar butunlay o‘chirib qo‘yilgan.

Foto: The Sun
Tehronning 22 ta tumanida ham Internetga kirib bo‘lmayapti, lekin boshqa hududlardan farqli ravishda Mobil va statsionar telefon aloqasi uzilishlarsiz ishlamoqda.

Eronda 15 noyabr kuni benzin narxini uch baravar, ya’ni 1 litr uchun 30 ming rialgacha (0,2 AQSh dollari) miqdorida oshirish haqidagi farmoyish e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vashington Tehronning namoyishlar sabab mamlakatda Internetni o‘chirib qo‘yganini qoraladi