23:50 / 19.11.2019
12 409

Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar

Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar
Coca-Cola'ni birinchi bo‘lib,1886 yilda Atlantada yashaydigan farmatsevt Jon Pemberton ixtiro qilgan. U Coca-Cola logotipi sifatida ushbu yozuvni yaratgan.

Coca-Cola birinchi marta sotuvga chiqarilganda u «charchoqni yengillashtiruvchi» asab tonikasi sifatida sotilgan. Ushbu reklama 1886 yilda nashr etilgan.

Siz Coca-Cola haqida ilgari eshitgan bo‘lishingiz mumkin va bu haqiqatdir: Dastlabki Coca-Cola mahsulotlarida kokain moddasi bo‘lgan, lekin bir stakan uchun atigi 9 milligramm. O‘sha paytda bu dori alkogol o‘rnini bosuvchi vosita bo‘lgan. Ammo kokain Coca-Cola'dan 1903 yilda chiqarildi.

Har kuni 57 milliard porsiya ichimlik ichiladi (suvdan tashqari), atigi 3 foizi (1,9 milliard) Coca-Cola savdo belgisiga tegishli. Bu sayyorada eng ko‘p tarqalgan mahsulot hisoblanadi.

Dunyoda Coca-Cola sotilmaydigan faqat ikki mamlakat bor: Kuba va Shimoliy Koreya.

Coca-Cola brendi 83,8 milliard dollarga baholanmoqda. Bu Budweiser, Subway, Pepsi va KFClarni qo‘shib hisoblaganda ham bu miqdorga teng kela olmaydi degani.

Coca-Cola kompaniyasining ta’kidlashicha, uning nomi dunyoda mashhur "OK" so‘zidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

1985 yilda Coca-Cola kosmosga chiqqan birinchi alkogolsiz ichimlik bo‘ldi. Astronavtlar Coca-Cola'ni "Space Shuttle Challenger" kosmik kemasida sinovdan o‘tkazishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar