06:30 / 19.11.2019
3 214

Britaniyalik «uchar odam» o‘zining tezlik rekordini yangiladi (video)

Britaniyalik «uchar odam» o‘zining tezlik rekordini yangiladi (video)
Britaniyalik ixtirochi Richard Brauning reaktiv kostyumda parvoz qilishda o‘rnatgan tezlik rekordini yangiladi. “Uchar odam” ushbu qurilmada 136 km/soat tezlikka erisha oldi.

Brauning o‘zi ishlab chiqqan maxsus kostyumda suv ustida 500 metrga yaqin masofani uchib o‘tgan. U 2017 yilda o‘rnatgan tezlik rekordini yangiladi. O‘shanda uning tezligi ancha pastroq – 53 km/soat bo‘lgan.

Britaniyalik ixtirochining qurilmasi ming ot kuchiga ega 5 ta turbinadan iborat bo‘lib, u shlemda joylashgan displey yordamida boshqariladi.

Yaqin orada Brauning ushbu innovatsion kostyumni sotishni yo‘lga qo‘ymoqchi. U, shuningdek, kostyumni xarid qilgan istalgan odam ishtirok etishi mumkin bo‘ladigan Gravity Race Series poygalarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik «uchar odam» o‘zining tezlik rekordini yangiladi (video)