Tojikistonda otishma sodir bo‘ldi

  • 19 noyabr 2019, 15:26
  • 2 480
  • Dunyo
  • Tojikistonda otishma sodir bo‘ldi
    Tojikistonning Xatlon viloyatida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.
    Mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, mojaro 17 noyabr kuni kechki payt Levakand shahridagi Guliston jamoatida ro‘y bergan.

    “Ikkala tomon ham travmatik qurol qo‘llagan”, - deya oydinlik kiritgan Tojikiston IIV.

    Otishma vaqtida bir kishi travmatik quroldan yaralangan. Otishma ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, ularning travmatik qurol uchun ruxsatnomalari bor, deya qo‘shimcha qilgan IIV.

    Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari voqea tafsilotlarini surishtirishmoqda. Xususan, mojaro sababi va uning ishtirokchilari aniqlanmoqda.
    Xatlon viloyati prokuraturasi ham vaziyatni nazoratga olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tojikistonda otishma sodir bo‘ldi