Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video)

  • 19 noyabr 2019, 21:05
  • 329
  • Dunyo
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video)
    Foto: Reuters
    Livan poytaxti Bayrut shahrida namoyishchilar muhim majlis o‘tkaziladigan vaqtda parlament binosiga olib boradigan yo‘llarni yopib qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

    Norozilik bildirayotgan olomon deputatlarning avtomobillariga yo‘l bermayapti, faqat harbiy transport va tez tibbiy yordam mashinalari parlament binosi tomonga o‘tkazilmoqda. Ushbu transport vositalari ham ichida deputatlar yo‘qligi tekshirilganidan keyin bino tomon qo‘yib yuborilmoqda.

    Parlament binosigacha yetib kelgan deputat Ali Amaar barrikadalar oldiga chiqib, LBC telekanaliga intervyu bergan. U fuqarolarning mitinglar o‘tkazish huquqiga ega ekanligini qayd etgan va bino tomon piyoda yurib to‘siqlarni aylanib o‘tishga uringan.

    Deputatlar kolonnasining biri to‘siqlardan o‘tishga uringan vaqtda norozilik bildirayotgan olomon mashinalarni toshbo‘ron qilgan. Qo‘riqlash xodimlari esa xalqni tarqatish uchun havoga o‘q uzgan.

    Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra deputatlarning ko‘pchiligi o‘z ish joyigacha yetib bora olmagan. Parlament a’zolarining ayrimlari esa norozilik bildirayotgan xalqni qo‘llab-quvvatlagani tufayli majlisda ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

    19 noyabrdagi parlament majlisida bir nechta, jumladan, amnistiya haqidagi qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilgandi, namoyishchilar ushbu qonunning qabul qilinishiga ham norozilik bildirmoqda.

    Fuqarolar korrupsion sxemalar ishtirokchisi bo‘lgan amaldorlarning ushbu qonun doirasida jazodan qutulib qolishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Ekspertlar fikricha, amnistiya oqibatida terrorchilar qonuniy jazoni muddatidan oldin yakunlashi mumkin.

    Avval Livanda bosh vazir Sa’d Haririyning iste’foga chiqqani, uning o‘rnini mamlakat sobiq moliya vaziri egallashi mumkinligi xabar qilingan. Biroq Muhammad Safadiy mamlakat bosh vaziri bo‘lish uchun o‘z nomzodini qo‘ymaslikka qaror qilgan va iste’fo bergan hukumatning sobiq rahbari Sa’d Haririy o‘z lavozimiga qaytishiga umid qilishini bildirgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video)