Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi

  • 19 noyabr 2019, 22:15
  • 1 443
  • Dunyo
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi
    Foto: Mash
    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Moskvada yashovchi qiyofadoshi – asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Umid Isaboyev kinoda Ukraina prezidenti rolini ijro etishga taklif oldi. Bu haqda Mash telegramm-kanalida ma’lum qilingan.

    Ta’kidlanishicha, Isaboyevning o‘zi va uning tanishlari uning Zelenskiy bilan o‘xshashligini anchadan beri aytib yurishgan. Va kunlardan birida Moskvada bo‘yoqchi bo‘lib ishlovchi Umid mashhur bo‘lib uyg‘ondi. Uni Moskva metrosida payqashgandan keyin u tanilib ketdi.

    Umid Ukraina haqida Rossiyada suratga olinadigan 4 seriyali filmda Zelenskiy rolini ijro etadi.
    Umidning aytishicha, ishda uni Dima Zelenskiy deb chaqirishadi. U Ukraina prezidentiga nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki boshqa ba’zi jihatlar bilan ham o‘xshashini aytgan.

    “Men Ukraina prezidenti Zelenskiyga o‘xshayman. Aytishlaricha, quyib qo‘ygandek. Men uning o‘rnini bosishim mumkin, chunki men ham ukrainchada yomon gaplashaman, siyosatda hech narsani tushunmayman, Tom Kruzning ashaddiy muxlisiman va to‘yda boshlovchilik qilganman. Suratga olish ishlarida ham Vladimir Zelenskiyning o‘rnini bosishga hamisha tayyorman, chunki uning endi bunga vaqti yo‘q. Kinoda cho‘chqa go‘shti yeyish kerak bo‘ladigan boshqa istalgan rolni o‘ynashim mumkin”, deb aytgan Umid.

    Uning ta’kidlashicha, u yangi film ssenariysini o‘qib chiqqach, shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi