06:32 / 20.11.2019
3 124

Zamonaviy “Robin Gud” Angliyada odamlarga pul tashlab ketyapti

Zamonaviy “Robin Gud” Angliyada odamlarga pul tashlab ketyapti
Angliyaning Darem grafligi politsiyasi Blekxoll-Koleri qishlog‘ida yashovchi odamlarining uyiga paket ichida pul tashlab ketayotgan odamning kimligini aniqlay olmayapti, deb yozmoqda Meduza.

Xabarda aytilishicha, birinchi marta bu holat 2014 yilda kuzatilgan. O‘shandan beri jami 12 marotaba paketchali pul tashlab ketilgan, ulardan 4 donasi shu yilda tashlab ketishgan.

Paketlar odatda bir xil joyda qoldirilgan, ya’ni katta yo‘l yoqasidagi uyning yonida. Uning ichida har doim bir xil miqdorda pul bo‘ladi: 2000 funt-sterling (24,5 million so‘m). Mahalliy aholi topilgan paketlarni politsiyaga olib borib berishmoqda. Ammo hech kim pul uchun da’vo qilmaydi, keyin uni mukofot deb topib olganlarga qaytariladi.

Politsiya aholini va tashkilotlarni so‘roqqa tutdi, banklar orqali sirli saxiy insonning shaxsini aniqlashga urinib ko‘rdi, ammo bundan naf chiqmadi. Paketlarda barmoq izlari qolmagan. Politsiya paketlar jinoyatchilarga tegishli bo‘lishi mumkinligini istisno qilib, kimdir Blekxoll-Koleri aholisiga yordam berishga harakat qilayotganini taxmin qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zamonaviy “Robin Gud” Angliyada odamlarga pul tashlab ketyapti