Go'shtxo'r o'simliklar haqida eshitganmisiz?

  • 20 noyabr 2019, 22:18
  • 879
  • Dunyo
  • Go'shtxo'r o'simliklar haqida eshitganmisiz?
    Dunyo ajoyibotlarini o‘rgana turib, ularning ichida minglab yirtqich hayvonlar, qushlar va shu turdagi go‘shtxo‘rlarni uchratishimiz mumkin. Biroq tabiatning shunday ovchilari ham borki, o‘zi o‘simlik bo‘la turib ham go‘shtxo‘rlar safiga kiritilgan. Ha, xato o‘qimadingiz! Ular go‘shtxo‘r o‘simliklardir.

    Ulardan biri Nepentesdir. Bu o‘simlik gulining ichi g‘ovak bo‘lib, qopqoqchasi ochiq holatda turadi. Uning nektari shu qadar o‘tkir hid chiqaradiki, ushbu hiddan mast bo‘lgan barcha hasharotlar va mayda hayvonlar birin-ketin gulga yaqinlashishadi.

    Hasharotlarning bazmi ayni avjiga chiqqanida gulning qopqog‘i yopiladi va ichkaridagi jonzotlarning hech biri bu yorug‘ dunyoni qayta ko‘rmaydi. Gulning qozoni ham inson oshqozoniga o‘xshab hazm qiluvchi suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik bir vaqtning o‘zida bir qancha hasharotlarni parchalab tashlash xususiyatiga egadir.

    Darvin bu haqida ko‘pgina izlanishlar olib borgan hamda yuqorida aytilgan o‘simlik hasharotlar uchun «yirtqich sindrom» bo‘lib xizmat qiladi degan fikhni aytib o‘tgan. Nepentes o‘simligining qoldiqlari tuproqni azot moddasi bilan boyitishi isbotlangan. Bunday turdagi o‘simlikning yana boshqacharoq avlodlari ham mavjuddir. Ular hattoki sichqon, ko‘rsichqon va shunday hajmli kichik jonzotlar bilan ham oziqlanishadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Go'shtxo'r o'simliklar haqida eshitganmisiz?