08:53 / 21.11.2019
3 542

Eng ulkan ananas haqida

Eng ulkan ananas haqida
Barchaga ma’lumki, ananas o‘simligining mevasi barchaga birdek yoqadi. Ananas tropik mevalar safiga kiradi. U ko‘pincha Afrika va shunga o‘xshash tropik mintaqalarda yetishtiriladi. Dunyodagi eng katta va og‘ir ananas mevasi Avstraliyaning janubiy hududlaridan birida Bokuelllik 60 yoshli Kristin Makkalum tomonidan yetishtirilgan bo‘lib, uning uzunligi 32 santimetr va og‘irligi 8,28 kilogrammga tengdir.

Bu eng og‘ir ananas bo‘lgani uchun yangi dunyo rekordini o‘rnatdi, deya xabar beradi Jahon rekordlari akademiyasi.
Kristin ikki yarim yil mobaynida bu ulkan meva urug‘larini yerga ekib, uni parvarishlash uchun suvdan bo‘lak hech narsadan foydalanmadi. Bundan oldingi «Eng og‘ir ananas» nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning jahon rekordini Yangi Gvineyaning G‘arbiy Nyu-York viloyati, Ais qishlog‘ida yashovchi E.Kamuk yetishtirgan edi, uning og‘irligi 8,06 kg ni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng ulkan ananas haqida