09:20 / 22.11.2019
14 040

Dunyoning eng go'zal shaharlari

Dunyoning eng go'zal shaharlari
Har birimiz qachondir bo‘lsada, bir marta dunyo bo‘ylab sayohat qilish haqida orzu qilamiz. Sayohat rejasini tuzish payti eng birinchi bo‘lib dunyodagi eng ko‘rkam joylar haqidagi ma’lumotlarga tayanamiz. Internet tarmoqlariga kirib izlaganimizda dunyodagi eng turislarbop sayyohlik shaharlari chiqib keladi. Bu maqolamiz orqali sizga eng chiroyli shaharlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmoqchimiz.

1. Venetsiya dunyodagi eng go‘zal shahar bo‘lib, haqiqatdan ham dunyodagi nodir shaharlardan biridir. Shahardagi arxitektura juda ham noyob san’at asariga o‘xshaydi hamda ayniqsa, ularning aksi shaharni kesib o‘tgan kanallarda mavjlanganida butunlay boshqacha manzara hosil bo‘ladi. Shahar bo‘ylab yurarkansiz, o‘zingizni xuddi ertaklardagidek his qilasiz.

2. Parijning ulug‘vor ko‘rinishiga bezak qo‘shuvchi detallar Siyena daryosini kesib o‘tgan ko‘priklar, bir-biridan so‘lim xiyobonlar, ko‘rkam binolar hamda takrorlanmas obidalardir. Parijda joylashgan Champ-Elisèes va Place des Vosges binolarining nomlari butun Yevropada turar-joy maydonlarining prototipiga aylangan.

3. Praga shahrining o‘ziga xosligi uning bir necha minglik asrga teng bo‘lgan tarixiy obidalari hamda ularning ustida parvoz qiluvchi qirg‘iylaridir. Sayyohlar Vltava daryosi uzra o‘tgan ko‘priklardan biri, ayniqsa ajoyib ko‘rinish kasb etuvchi Charlz ko‘prigidan va betakror Eski shahar maydonidan turib shaharni nazorat qiluvchi ushbu tabiat qo‘riqchilariga zavq bilan boqishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng go'zal shaharlari