08:30 / 22.11.2019
4 532

Braziliyalik mahbuslarning jazo muddati ular o‘qigan har bir kitob uchun qisqartirilar ekan

Braziliyalik mahbuslarning jazo muddati ular o‘qigan har bir kitob uchun qisqartirilar ekan
Braziliya gavjum qamoqxona tizimidagi mahbuslarga jazoni qisqartirishning yangi usulini taklif qiladi - ular o‘qigan har bir kitobi uchun to‘rt kunni qisqartirishar ekan.
Hukumat ma’lum qilishicha, Braziliyaning eng ashaddiy jinoyatchilarini ushlab turadigan 4 ta federal qamoqxonada har yili eng ko‘p 48 kunlik jazoni qisqartirish uchun 12 tagacha adabiyot, falsafa, fan yoki klassik adabiyotlarni o‘qishi kerak bo‘ladi.

Rasmiy gazetada aytilishicha, mahbuslar har bir kitobni mutolaa qilib bo‘lganlaridan so‘ng, asarlari haqida qisqacha insho yozishadi yoki bo‘lmasa "jumlani to‘g‘rilang, xatosini toping, matnni mantiqiy davom ettiring" kabi mashqlarni bajarishadi.
Insho yozishlari uchun esa ularga 4 haftagacha muhlat berishar ekan.

Hay’at a’zolari mahbuslarning ushbu "Mutolaa orqali jazoni kamaytirish" dasturidagi faol ishtirokiga qarab ularga hukm chiqarishadi.

San Paulu advokati Andre Kehdi shunday deydi: " Qamoqxonani tark etuvchi mahbus kitob o‘qish orqali o‘zining dunyoqarashini kengaytirib, yanada yorqinlashtirib boradi. Shak shubhasiz ular yaxshi inson bo‘lib qamoqxonani tark etishadi".

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyalik mahbuslarning jazo muddati ular o‘qigan har bir kitob uchun qisqartirilar ekan