Jozef Bayden AQSh prezidentligiga saylanishi Putin va Trampga bog‘liqligini bildirdi

  • 21 noyabr 2019, 21:30
  • 814
  • Dunyo
  • Jozef Bayden AQSh prezidentligiga saylanishi Putin va Trampga bog‘liqligini bildirdi
    Foto: ABC News
    Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh davlat rahbari Donald Tramp Amerikada 2020 yilda o‘tadigan prezidentlik saylovlarida demokratlar vakili Jozef Baydenning g‘alaba qozonishiga har tomonlama to‘sqinlik qiladi. Bu haqda AQSh sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenning o‘zi ABC News kanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

    Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uning bunday xulosaga kelishiga Trampga e’lon qilingan impichment jarayonining borishi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ham uning prezidentlikka saylanishiga qarshi ekanligi sabab bo‘lgan.

    «Birinchidan, Donald Tramp mening demokratlar vakili sifatida prezidentlik saylovlarida ishtirok etishimni istamasligini tushundim. Bu yaqqol bilinib turibdi. Ikkinchidan, Vladimir Putin ham mening prezident bo‘lishimga qarshi», — deya ta’kidlagan Bayden.

    Trampga impichment e’lon qilish jarayoni 24 sentyabrda boshlangan. Ushbu harakatning boshlanishiga AQSh prezidentining Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati davomida unga bosim o‘tkazgani sabab bo‘lgan. Demokratlarning fikricha, suhbat davomida Tramp Zelenskiydan Jozef Baydenning o‘g‘li Hanter Baydenning korrupsiyaga aloqadorligi yuzasidan tergov o‘tkazishini talab qilgan. Keyinroq Oq uy tomonidan suhbatning stenogrammasi e’lon qilingan. Noyabr boshida AQSh kongressida impichment yuzasidan ochiq eshituvlar boshlangan.

    20 noyabrdagi eshituvda AQSh podpolkovnigi Aleksandr Vindman Ukraina xavfsizlik kengashi kotibi Aleksandr Danilyukning unga mamlakat mudofaa vaziri lavozimini taklif etganini ma’lum qilgan, Danilyuk esa bu shunchaki hazil bo‘lganligini bildirgani haqida xabar berilgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jozef Bayden AQSh prezidentligiga saylanishi Putin va Trampga bog‘liqligini bildirdi