16:30 / 24.11.2019
2 276

Jonson Yevroittifoq haqidagi kelishuvni yil oxiriga qadar parlamentga kiritishni va’da qildi

Jonson Yevroittifoq haqidagi kelishuvni yil oxiriga qadar parlamentga kiritishni va’da qildi
Foto: «RBC»
Britaniya hukumat boshqaruvidagi Konservativ partiya yil oxiriga qadar parlamentga Yevroittifoq bilan Breksit haqidagi kelishuv masalasini ko‘rib chiqish uchun saylovoldi manifesti kiritishni va’da qildi. Bu haqda TASSga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra partiya yetakchisi va amaldagi bosh vazir Boris Jonson bugun, 24 noyabrda bo‘lib o‘tadigan konservatorlar hukumati kelajagi dasturini e’lon qilish vaqtida bu haqda rasman ma’lumot beradi. Konservatorlar 12 dekabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida g‘alaba qozonsa ushbu taklif ijrosi ta’minlanishi mumkin.

«Mening mamlakatga qiladigan Rojdestvo sovg‘am Breksit haqidagi qonun loyihasini yana deputatlar muhokamasiga qo‘yish hamda parlamentning xalq uchun ishlashini ta’minlash bo‘ladi», - deya bosh vazir qiladigan nutqidagi asosiy jumlani keltirgan Reuters.

Jonson Buyuk Britaniya 2020 yil 31 yil yanvarigacha Yevroittifoqdan chiqishini va’da qilgan va ushbu pozitsiya Jeremi Korbin rahbar bo‘lgan muxolifat Leyboristlar partiyasi g‘oyasiga qarama-qarshi. Leyboristlar hukumat tepasiga kelsa, Yevroittifoq bilan yangi kelishuv imzolab, yarim yil ichida Buyuk Britaniyaning ittifoq tarkibiga kirishini muhokama qilmoqchi. Korbinning o‘zi Breksit borasida neytral pozitsiyada bo‘lishni va’da bermoqda.

Jonson saylovlar yordamida Breksit jarayoni bo‘yicha boshlangan inqiroz holatini bartaraf qilmoqchi. Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi tarkibini 2019 yil 29 martda tark etishi kerak edi, biroq Palata deputatlari Bryusselning sobiq bosh vazir Tereza Mey bilan kelishuviga qaramay, uch marta Breksit shartlashuvi loyihasini bekor qilgan.

Yakunda Yevroittifoq Breksitni aprel yoki mayga, keyinchalik 31 oktyabrga qoldirdi, Mey esa ite’fo berdi. Yangi bosh vazir Jonson mamlakat ittifoqni 31 oktyabrda tark etishi uchun kurashdi, ammo parlament tomonidan qabul qilingan qonun tufayli 19 oktyabrda Yevroittifoqqa Breksit bo‘yicha qarorni 2020 yil 31 yanvargacha kechiktirish yuzasidan so‘rov yubordi. Ittifoq Londonning ushbu so‘rovini qabul qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jonson Yevroittifoq haqidagi kelishuvni yil oxiriga qadar parlamentga kiritishni va’da qildi