11:00 / 26.11.2019
2 710

Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshiga “Kvartal-95” shousidan taklif tushdi

Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshiga “Kvartal-95” shousidan taklif tushdi
Foto: Mash
Ukrainaning “Kvartal-95” shousi mualliflari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda Moskvada yashovchi Umid Isaboyevga taklif bilan chiqishdi. Avtobo‘yoqchi bo‘lib ishlovchi Isaboyev Mash nashriga bergan intervyusida u bilan shou rahbarlaridan biri – Yevgeniy Koshevoy telefon orqali bog‘langanini ma’lum qilgan. Ushbu shouda o‘z vaqtida Zelenskiy boshlovchilik qilgan. Uning sobiq hamkasbi Isaboyevga birgalikda ko‘rsatuvlar olib borishni taklif qilgan.

“Menga videoqo‘ng‘iroq bo‘ldi. Qarasam, Ukraina raqami. Narigi tomonda esa, ko‘rinishicha, Yevgeniy Koshevoy edi. U menga “kel seni o‘zimizga olsak, bizga qo‘shil”, deb aytdi. “Kvartal-95”ga. Birga ishlaymiz, dedi. Koshevoy bilan ko‘rsatuvlar olib borish, odamlarga kulgu ulashish maqsadida”, deb ma’lum qildi Umid.

Isaboyevning ta’kidlashicha, uning jurnalistlarga bergan ilk intervyusidan keyin unga kinoda ishtirok etish takliflari bildirilmoqda. Jumladan, Umidga Rossiya serialida Ukraina prezidenti rolini o‘ynash taklif qilingan va ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda bu borada shartnoma imzolanadi. Biroq “Kvartal-95”dan tushgan taklif hisobga olinsa, Zelenskiyning qiyofadoshi oldida murakkab tanlov turibdi. Umidning ayishicha, uning o‘zi “Kvartal-95”da ishlab ko‘rishni istaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshiga “Kvartal-95” shousidan taklif tushdi