12:13 / 27.11.2019
5 637

Tailandda rasm chiza oladigan fil haqida eshitganmisiz?

Tailandda rasm chiza oladigan fil haqida eshitganmisiz?
Biz bilamizki, fillar dunyodagi eng ajoyib mavjudotlaridan biridir. Qolaversa, ular aqlli jonivorlar. Tailandga tashrif buyurgan ko‘plab sayyohlar rasm chiza oladigan filni uchratib, hayratda qolishmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, fillar chizgan ajoyib sur’atlarni sayyohlar va san’at shinavandalari sotib olishyapti.

"Maesa" fil lageri 1976 yildan beri o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu lager "rassom fil" tushunchasini ilgari suradi.
Hozirda lagerda 78 ta fil boqiladi va ularning barchasi rasm chizishga o‘rgatilgan.

Fillarning o‘ziga xos bo‘lgan zakovati tufayli ular rasm chizishni tez o‘rganib olishgan. Lager asoschisining ta’kidlashicha, ular Pachyderm Pikasso bo‘lishga intilmaydilar. Ammo qo‘ldan kelgancha chizishga harakat qilishadi. Ularning kamchiliklaridan biri bu - rasmni bo‘yashga qodir emasligi.

Ilgari lagerda boqiladigan yosh fillar rasm chizishni o‘rganmasa, ularni urib, och qoldirishga ham borishgan. So‘ng fillar rasm chizishga majbur bo‘lishgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda rasm chiza oladigan fil haqida eshitganmisiz?