Foto: Joe Raedle/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp kongressning ikki palatasi tomonidan qabul qilingan “Hongkongda inson huquqlarini va demokratiyani himoyalash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Bundan tashqari, Tramp Hongkongga muayyan turdagi politsiya anjomlarini yetkazishni taqiqlovchi hujjatni imzolagan.
Ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti ushbu ikki hujjatni “prezident Si (Szinpin), Xitoy va Hongkong xalqiga hurmat yuzasidan” imzolagan. AQSh hukumati Xitoy va Hongkong “ziddiyatlarni tinchlik yo‘li bilan hal qilishlari” va “barcha uchun uzoq muddatli tinchlik va farovonlikka erishishlari”ga umid bildirgan.
Qonun Hongkongda inson huquqlari buzilishlariga aloqador shxslarga qarshi sanksiyalar kiritishni va Hongkongning muxtoriyati darajasiga bog‘liq holda savdo kelishuvlarining har yil qayta qo‘rib chiqilishini nazarda tutadi.
Avvalroq Xitoy ushbu qonun loyihasiga norozilik bildirib, buni Xitoyning ichki ishlariga aralashuv deb atagandi.
Xitoyning maxsus ma’muriy hududi hisoblangan Hongkongda bir necha oydan beri ma’muriyat rahbariyati siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda