06:00 / 29.11.2019
3 066

«Liviyadagi beqarorlikka Rossiya sababchi»

«Liviyadagi beqarorlikka Rossiya sababchi»
AQSh davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar va yollanma jangchilar Liviyadagi vaziyatni beqarorlashtiryapti. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Qo‘shma Shtatlar Liviya xalqining xavfsiz va farovon kelajakka erishishi tarafdoridir. Buning amalga oshishi va zo‘ravonliklar avj olishini to‘xtatish uchun tashqi kuchlar real majburiyatlarni zimmasiga olishi kerak. Xususan, Rossiyaning harbiy aralashuvi Liviyadagi tinchlik, havfsizlik va barqarorlikka tahdid solyapti”, – dedi AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq bo‘yicha yordamchisi Devid Shenker Vashingtondagi brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Liviyada “sezilarli miqdorda” Rossiya qo‘shinlari va Vagner xususiy harbiy kompaniyasining yollanma jangchilari bor. Ular “vaziyatni haddan tashqari beqarorlashtirayotgan” general Xalifa Haftarga yordam bermoqda.

Shuningdek, Devid Shenker AQShning hamkorlarini Vagner xususiy harbiy kompaniyasiga sanksiya joriy etishga chaqirdi.
Bu bilan ular rossiyalik yollanma jangchilarning uchinchi mamlakatlarda bo‘lishidan xavotirda ekanliklarini ko‘rsatgan bo‘lishadi”, – dedi u.

Ma’lumki, general Haftar aprel oyidan beri poytaxt Tripolini egallashga harakat qilmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida to‘qnashuvlarda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Haftarni Misr, BAA va Rossiya qo‘llab-quvvatlayapti.

Noyabr oyining boshida The New York Times nashri Liviyaga Rossiyadan ikki yuzga yaqin yollanma jangchi kelgani haqida xabar berib, buni Kremlning Yaqin Sharq va Afrikada o‘z ta’sirini tiklashga urinishi sifatida baholadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Liviyadagi beqarorlikka Rossiya sababchi»