Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Perkvazi shaharchasida yashaydigan 70 yoshli Suxpal Singx Baidi o‘ziga qarashli yerni masjid qurilishi uchun in’om qildi.
Chicago Morning Star nashrining yozishicha, Baidi aslida sikx diniga e’tiqod qiladi. Ammo bu uning 900 kvadrat metrlik yerdan musulmonlarning foydasiga voz kechishiga to‘sqinlik qilmadi. Bu yerda tez orada masjid qurilishi boshlanadi.
Baidi bu amali orqali tinchlik va diniy hamjihatlikning ahamiyatiga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Perkvazilik doktor Sandip Varma sikxlar jamoasi katta qadam tashlaganini va o‘zi ham masjid qurilishi uchun mablag‘ xayriya qilishini aytdi.
Perkvazi shaharchasida musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq shaharcha joylashgan Muzaffarnagar tumanida diniy mojarolar kuzatib turiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi