19:57 / 30.11.2019
7 823

Sovuq bo‘lishiga qaramay, maktab qizlari amaldorlar oldiga atlas ko‘ylakda olib chiqildi (foto)

Sovuq bo‘lishiga qaramay, maktab qizlari amaldorlar oldiga atlas ko‘ylakda olib chiqildi (foto)
Ozodlik radiosining Tojik xizmati
Tojikiston janubidagi Temurmalik tumanida yangi dorixonaning ochilish marosimiga maktab qizlari milliy atlas matosidan tikilgan, yupqa ko‘ylaklar kiyib chiqishga majbur qilingan. Ochilish marosimiga kelgan amaldor – tuman hokimi Fotih Aminzodaning o‘zi va uning yordamchilari esa ob-havoga mos, issiq kurtkalar kiyib kelishgan.

Ozodlik radiosining Tojik xizmati
Bunday adolatsizlik, oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining tojik segmenti o‘rtasida juda ko‘p norozilik uyg‘otdi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ozodlik radiosining Tojik xizmati
Ko‘plab salbiy izohlardan so‘ng, Temurmalik tumani hokimligining yoshlar masalalari bo‘limi boshligi Asliddin Ayniddin rasmlarni Feysbuk sahifasidan o‘chirib tashlagan.

Shundan so‘ng, tuman hokimligi maktab qizlari mahalliy amaldorlarni kutib olgani “o‘z xohishlari bilan“ chiqqanligini ma’lum qildi.

Ozodlik radiosining Tojik xizmati

Ozodlik radiosining Tojik xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sovuq bo‘lishiga qaramay, maktab qizlari amaldorlar oldiga atlas ko‘ylakda olib chiqildi (foto)