Noyabr oyi oxirida Apple'ning bosh dizayneri Joni Ayv 27 yillik faoliyatidan keyin kompaniyani tark etdi. Faoliyati davomida u Apple'ni kompyuter ishlab chiqaruvchi firmadan texnologiya gigantiga aylantirgan mahsulot iPod'dan boshlab iPhone'ning oxirgi markalariga qadar loyihalashtirgan edi.
Shuningdek, u nafaqat kompaniya mahsulotlari, balki Apple'ning barcha mahsulotlarining qadoqlanishi, Apple Store do‘konlari va kompaniyaning barcha ofislari dizayniga ham javobgar edi.
“U shunchaki dizayner emas. Shuning uchun ham u bevosita men bilan ishlaydi. Unda, Apple'dagi boshqalarga qaraganda ko‘proq vakolat bor. Albatta meni hisobga olmaganda”, - degan edi “Apple afsonasi” Stiv Jobs Joni Ayv haqida.
2014 yilda Ayv Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida u xohlagan vaqtida Apple'ni tark etishi mumkinligini, biroq innovatsion mahsulot yaratish imkoniyati uni to‘xtatib turganini aytadi: “Men innovatsiyalar tugashi bilan Apple'dan ketaman. Men faoliyatimni tugataman. Biz ajoyib davrning ostonasida turibmiz va ajoyib mahsulotlarni chiqaramiz”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi