23:05 / 02.12.2019
11 089

Agar Uchinchi Jahon Urushi boshlansa, nima bo'ladi?

Agar Uchinchi Jahon Urushi boshlansa, nima bo'ladi?
Insoniyatning oʻtmishiga nazar soladigan boʻlsak, koʻp hollarda sovuq urushlarning oʻzidan keyingi qoldirgan dahshatli vayronagarchiliklari hamda oʻchmas izlari barchamizni beixtiyor qoʻrquvga soladi. Shunday oʻylar ogʻushida qolganimizda har birimizda bitta qoʻrqinchli savol uygʻonadi: “Agar uchinchi Jahon urushi boshlansa, nima boʻladi?”

globaltruthproject.comʻning yaqinda eʼlon qilgan uchinchi Jahon urushi haqidagi maqolasida juda ham qiziqarli maʼlumotlar keltirib oʻtilgan. Bugungi kunda insonlarda qandaydir notoʻgʻri tushuncha bor, u ham boʻlsa, “...dunyoyimiz kelajakda yanada yaxshilanib boradi” degan qarashdir. Mutaxassislar fikriga koʻra dunyomiz yaxshilanib bormaydi, negaki Quyosh ham eng baland nuqtaga chiqavergach, albatta sekin-asta pastlay boshlaydi. Biz yashab turgan dunyo ham xuddi shunday.

Bugunning zamondoshini ortiqcha qurol-aslaha bilan qoʻrqitishga hojat yoʻq, shunchaki uni kundalik ruju qoʻygan narsalaridan: gaz, elektr yoki internet tarmoqlaridan uzib qoʻysangiz boʻldi. Biz oʻz yaratgan ixtirolarimizga qul boʻlib qolyapmiz, xolos. Qarabsizki, eng “aqlli” zamondoshimiz ham uch-toʻrt kun ichida ibtidoiy tuzumga oʻtadi, qoladi. Endilikda qurol-yarogʻlardan koʻra insonlar gʻoyalar ustida bahs yuritishmoqda. Eng avj olgani dunyo dinlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklardir. Hisob-kitoblarga koʻra, bu mavzu asosiy urush oʻchogʻi boʻlishi mumkin.

Maʼlumotlarga tayansak, ikkinchi Jahon urushidan oldin insonlar bizlarga qaraganda anchagina mehribon va madaniyatliroq boʻlishgan. Koʻchada yomonlik qilayotgan odamni koʻrishsa, undan xazar qilib oʻtishgan. Biroq... Biroq bizning dunyomizda bunday voqealar deyarli oddiy va tabiiy holatga aylanib bormoqda. Agarda gazeta yoki internet nashrlariga koʻz yugurtirib chiqsak, dastlab qandaydir zoʻravonliklar yoki oʻgʻirligu qotilliklarga eʼtiborimizni qaratamiz.

Kino yoki TV koʻrsatuvlarda ham vahshiyona yoki qoʻrqinchli boʻlgan sahnalar bizning qiziqishimizga sabab boʻladi. Jahon urushlarining yuzaga kelishi xuddi tabiiy takrorlanuvchi siklga oʻxshash jarayondir. Biri tugaydi, ikkinchisi boshlanadi. Bizning taraqqiy etayotgan dunyomizda odamzod oʻz ehtiyojlariga qaramligi oshib bormoqda.

Mashhur olim A.Eynshteyn shunday degan edi: “...uchinchi Jahon urushida qanday qurollar bilan jang qilinishini bilmayman, ammo toʻrtinchi Jahon urushida tayoq va toshlar bilan jang qilinadi”. Eynshteynning ushbu fikri ostida insoniyat yana oʻzining dastlabki holatiga qaytishi mumkin degan gʻoya yotibdi. Biroq shunday qarashlar ham borki, uchinchi Jahon urushida yadroviy qurollar boʻladi va ularning taʼsir kuchi hattoki, Yer sharini oʻz oʻqidan chiqarib yuborishga ham qodir boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Agar Uchinchi Jahon Urushi boshlansa, nima bo'ladi?