21:25 / 02.12.2019
11 856

Dunyoning eng kuchli o'qotar qurollari

Dunyoning eng kuchli o'qotar qurollari
Bugungi kunda shunday mamlakatlar ham borki, ularda fuqarolarning qurol koʻtarib yurishi odatiy holga aylangan. Albatta, buning hech qanday zarari yoʻq desangiz, adashasiz. Tinch va osoyishta mamlakatga sovuq qurollar olib kirilishining oʻzi ham qandaydir oʻsha yerda inson hayotiga xavf solishi mumkin boʻlgan omillar yetarli ekanidan darak beradi. Shubhasiz, har bir mamlakat oʻz siyosiy huquqidan chiqmagan holda oʻz hududida turlicha qonun-qoidalar yaratadi. Ushbu maqolamiz orqali eʼtiboringizga dunyodagi eng xavfli boʻlgan oʻqotar qurollardan bir nechtasini havola etmoqchimiz:

1. TrackingPoint qurollari - ushbu turdagi qurollarning ishlab chiqaruvchisi Amerikaning rasmiy qurol-yarogʻ ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri boʻlib, u Texasda joylashgan. Ushbu kompaniyaning ishlab chiqarayotgan oʻqotar qurollarida hattoki oddiy odamlarni ham merganga aylantirishi mumkin boʻlgan “aqlli kameralar” oʻrnatilgan. Ular moʻljalni shunchalik bexato olishi mumkinki, tepkini bosish zarur boʻlgan millisekundlarni ham hisoblashga qodir. Ushbu kompaniya bunday texnologiyalarini butun dunyo boʻylab eksport qiladi hamda NATOni kamerali qurol va patronlar bilan taʼminlab keladi.

2. Accuracy International AS50 - bu nomi qayd etilgan qurol-yarogʻ ishlab chiqaruvchi kompaniya Buyuk Britaniyaga tegishli boʻlib, u xavfliligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Moʻljalga olish hamda oʻq otish tezligi 1,6 soniyada besh martaga teng. 1500 metrdan aniq nishonga olish qobiliyatiga ega, olib yurishga ham juda qulay.

3. AK-47 - ushbu rusumli qurollar ham eng xavfli qurollar safiga kiritilgan. Rossiyalik general va harbiy qurol mutaxassisi marhum Mixail Kalashnikov tomonidan ishlab chiqilgan AK-47 yaqin masofali va uzoq masofali janglarda samarali boʻlishga qodir kuchli quroldir.

Bizning vazifamiz siz azizlarga maʼlumot berish biroq dunyo tan olgan boʻlishiga qaramasdan bunday qurollarga hayotingiz davomida hech qanday zaruriyat tugʻilmasligiga tilakdoshmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng kuchli o'qotar qurollari